UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarşi Şveysariya sudiga jinoiy daʼvo kiritiş niyatida. Bu haqda 27-avgust kuni xalqaro OAV xabar berdi.

Germaniyaning SID sport axborot agentligi qölga kiritgan 60 sahifalik hujjatga köra, daʼvo FIFA tomonidan rad etilgan reja bilan boğliq. Unda futbol turnirlarining, jumladan jahon çempionatlarining ayrim tijoriy huquqlarini xususiy investorlarga beriş közda tutilgan.

SID maʼlumotiga köra, UEFA va boşqa manfaatdor tomonlar Infantino, ehtimol, FIFAning boşqa funksionerlari va maslahatçilariga nisbatan ham Şveysariya Jinoyat kodeksining 158-moddasi doirasida daʼvo kiritişga tayyorlanmoqda. Uşbu modda işonç bildirilgan mol-mulk yoki manfaatlarni boşqarişdagi jinoiy suiisteʼmol holatlariga taalluqli.

Agar Infantino FIFA manfaatlariga qasddan zarar yetkaziş maqsadida harakat qilgani isbotlansa, u 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

UEFA AQŞ sudlariga ham murojaat qilib, iş uçun zarur hujjatlarni taqdim etişni söragan. Ular orasida FIFA va Infantino rejasida asosiy investor sifatida körsatilgan Thrive Capital investitsiya kompaniyasiga oid materiallar ham bor.

UEFA mazkur hujjatlardan keyinçalik Şveysariyada ehtimoliy jinoiy iş böyiça dalil sifatida foydalanişni rejalaştirmoqda.

«Kommersant» maʼlumotiga köra, Thrive Capital kompaniyasi Joşua Kuşnerga tegişli. U AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning ukasi hisoblanadi.

Daʼvo taşabbuskorlarining fikriça, FIFAning xalqaro turnirlarga oid tijoriy huquqlarining bir qismini sotiş rejasi Infantino va çeklangan doiradagi boşqa şaxslarga taşkilotning eng qimmatli aktivlaridan uzoq muddat davomida manfaat köriş imkonini berişi mumkin edi. Ular bunday sxema FIFA, uning aʼzolari va futbol tizimidagi boşqa iştirokçilar manfaatlariga zarar yetkazişi mumkinligini taʼkidlamoqda.

SID yozişiça, keyinçalik FIFA UYeFAga bunday sxemalar boşqa taklif qilinmasligi haqida yozma kafolat bergan.

Şundan söng, 27-avgust kuni UEFA Yevropa jamoalari tomonidan avvalroq eʼlon qilingan FIFA turnirlarini kelgusi mavsumda boykot qiliş rejasidan voz keçgan.