Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) intizom qömitasi Jahon çempionati - 2026 yakunlari böyiça Argentina futbol assotsiatsiyasini (AFA) 321 ming dollar miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sanksiyalar FIFA Intizom kodeksining törtta moddasini buzganlik uçun qöllanilgan:

  • Sport tadbiridan sportga aloqador bölmagan namoyişlar uçun foydalaniş;

  • Jamoaning nomaqbul xatti-harakati;

  • Diskriminatsiya va irqçilikka oid haqoratlar;

  • Öyinlardagi tartib va xavfsizlik.

Bundan taşqari, AFA keyingi ikkita uy öyinini çeklangan miqdordagi tomoşabinlar bilan (stadion siğimining 50 foizidan köp bölmagan) ötkazişi şart. Jarima summasining 100 ming dollari diskriminatsiyaga qarşi kuraş dasturiga yönaltirilişi lozim. Sanksiyalarning bir qismi - bitta öyin va 100 ming dollar jarima - sinov muddati bilan keçiktirildi.

JÇ-2026 yarimfinalida Angliya ustidan qozonilgan ğalabadan söng, argentinalik futbolçilar «Las Malvinas son Argentinas» (Malvin orollari - Argentinaga tegişli) yozuvli bannerni yoyişdi - bu siyosiy namoyiş sifatida baholandi.

Folklend orollari (Argentinada ularni Malvin orollari deb ataşadi) atrofidagi mojaro XX asrdan beri davom etib keladi. 1982-yilda Buyuk Britaniya va Argentina örtasida uşbu arxipelag uçun uruş bölib ötdi va buning oqibatida 649 nafar argentinalik va 255 nafar britaniyalik harbiy xizmatçi halok böldi. Orollar britaniyaliklar nazorati ostida qoldi.

Intizom qömitasi, şuningdek, final öyinidan keyingi janjal tufayli Leandro Paredes, Nauel Molina, Tiago Almada va Roberto Ayala (barçasi - Argentina) hamda Gaviga (Ispaniya) nisbatan sanksiyalar qölladi.

Janjal Molinaning ispanlar sardori Rodriga zarba berişi bilan boşlandi. Şundan söng Paredes ispanlar himoyaçisi Erik Garsiyaning böynidan böğdi, Gavini itarib yubordi. Futbolçilarni jamoadoşlari ajratib qöyişdi. Argentina milliy jamoasi murabbiylar ştabi aʼzosi Roberto Ayala esa ispaniyalik yarimhimoyaçi Dani Olmoga zarba berişga urindi.