Toşkentning Alişer Navoiy nomidagi Kino saroyida “Dadam betob” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari vakillari uçun namoyişi bölib ötdi.

Film «Soğlom ona va bola yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida “Özbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Özbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan.

Filmda özbek xalqining oilaparvar, yurtparvar ekani, oilani muqaddas bilişi, milliy an'analarga sodiqligi tarannum etilgan. Hayotiy va ta'sirçan lavhalarda ozod va obod Vatanimizni, mustaqilligimizni, tinçlik va osoyiştalikni köra olmagan yovuz kuçlar qoralanadi. Kinoasar voqealari musaffo osmonimizni, baxtiyor, tökin va farovon hayotimizni qadrlaşga, ularni köz qoraçiğidek asrab-avaylaşda mas'uliyatni astoydil his etişga çorlaydi.

Stsenariy muallifi va postanovkaçi rejissyor – Zulfiqor Musoqov.

Postanovkaçi operator – Aziz Arziqulov.

Postanovkaçi rassom – Mariya Saşina.

Asosiy rollarni Feruza Saidova, Yulduz Rajabova, Farhod Abdullayev, Bahriddin Abdullayev, Xayrulla Sa'diyev kabi aktyorlar ijro etgan.