Fox telekanali “Qamoqdan qoçiş” dramatik seriali davomining treylerini taqdim etdi. Serialning birinçi tört mavsumi 2005-2009 yillarda çiqarilgan bölib, unda qamoqxonaga tuşgan aka-uka Maykl Skofild va Linkoln Barrouz haqida hikoya qilgan.
“Qamoqdan qoçiş”ning törtinçi mavsumi yakunida Maykl halok böladi. Yangi mavsumda esa Linkoln va Sara Maykl tirik ekani hamda Yamandagi qamoqxonalardan birida ekanidan xabar topişadi. Ular Mayklga qamoqxonadan qoçişga yordam beriş uçun döstlarni yiğişadi.
Serialda Ventvort Miller, Dominik Persell va Sara Ueyn Kellis boş rollarni ijro etdi. Ular birinçi tört mavsumda ham iştirok etişgan.
“Qamoqdan qoçiş” seriali davomining birinçi qismi 2017 yilning 4 aprel kuni taqdim etiladi.











