Sony Corporation of America va Sony Entertainment köngiloçar bölimi boş direktori Maykl Linton şu yilning 2 fevralida lavozimini tark etadi. U Snapchat va boşqa mahsulotlarni işlab çiqaruvçi Snap kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi lavozimini egallaydi, deb yozadi The New York Times gazetasi.
Mayk Linton 2013 yildan beri Snap direktorlar kengaşi tarkibiga kirgan va kompaniya asosçisi Evan Şpigelning maslahatçisi vazifasini bajarib kelgan. Linton Sony xodimlariga yöllagan maktubida ma'lum qilişiça, ilk kunlardan Snapchat va Snap rivojida qatnaşgan hamda uning rivojlanayotganini e'tiborga olib, Snap kompaniyasini boşqarişga diqqatini qaratişga qaror qilgan.
Linton kelgusi 6 oy mobaynida Sony prezidenti Kadzuo Xirai bilan birga Yaponiya kompaniyasini boşqarişda iştirok etadi. Bu muddat mobaynida uning örniga munosib nomzod topilişi kerak.
2016 yil qişida Snap AQŞ qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasiga ariza topşirib, 2017 yil birinçi yarmida IPO (initial public offering) savdosi ötkazişini ma'lum qilgan edi. Kompaniya 20-25 mlrd dollarlik qiymatga ega bölişni rejalaştirgan.
IPO (initial public offering) – öz aylanma mablağini köpaytirişni xohlagan va ilk bora birjaga çiqayotgan xususiy firma yoki kompaniya, boşqa kafil tomonlar iştirokida öz aksiyalarini savdoga qöyadi.












