Samsung Electronics kompaniyasi portlab ketişi mumkin bölgan Galaxy Note 7 smartfonlarini qaytarib olişni yakunlab qoldi. Şu sababli aeroportlar yölovçilarni bu smartfonni samolyotda işlatiş taqiqlanganidan ogohlantirmay qöydilar, deb xabar bermoqda Ars Technica naşri.
Kompaniyaning ma'lum qilişiça, ayni vaqtda foydalanuvçilar tomonidan bu telefonlarning 96 foizi qaytarilgan. Qolgan 4 foiz qurilmani yaqin haftalarda qaytarib oliş rejalaştirilgan.

Galaxy Note 7 smartfonlari 2016 yil 19 avgustdan sotuvga çiqqan. Sentyabr boşida Samsung barça sotilgan Galaxy Note 7 smartfonlari qaytarilib olinişini e'lon qilgan, yana bir oydan keyin esa bu smartfonlarni işlab çiqarişni töxtatişini ma'lum qilgan. Kompaniya Galaxy Note 7’ning qaytarib olinişidan körilgan zararni 5 mlrd dollardan köproqqa baholamoqda.

2017 yil yanvari oxirigaça kompaniya smartfonning portlab ketişi sabablari böyiça tergov ma'lumotlarini taqdim qilmoqçi.











