Rossiyalik tadbirkor Vladimir Potaninning "Interros" guruhi Rambler&Co guruhining 50 foiz aksiyasini Aleksandr Mamutga sotdi, deb ma'lum qilmoqda TASS axborot agentligi.
Şu tariqa Mamut guruhning 100 foiz aksiyasiga ega bölgan.
Rambler&Co kompaniyalar guruhi 2013 yilda "Afişa-Rambler" (Potaninning "Profmedia" xoldingi tarkibiga kirgan) va Mamutning SUP Media kompaniyalari aktivlari birlaşişi natijasida taşkil etilgan. Rambler&Co 50 ga yaqin loyiha, jumladan Rambler.ru, Gazeta.ru, Çempionat.com saytlari, "Afişa", LiveJournal.com blog-platformasiga ega.
Loyihalarning umumiy auditoriyasi 40 mln dan köproq odamni taşkil qiladi.








