Avstraliya duşanba kuni Yaponiyaning Janubiy okeanda kit ovlaşda davom etayotganidan "qattiq xafa" ekanini ma'lum qildi. Bunga kit ovlaşga qarşi faollarning ölik kit suratini çop etgani sabab böldi. Avstraliya va Yaponiya yetakçilari bu masalani muhokama qilişdi. "Daily Sabah" naşri şu haqida xabar berdi.
Avstraliya ançadan beri kit oviga qarşi çiqadi, boş vazir Malkolm Ternbull va Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe şanba kuni Sidneyda ana şu bahsli mavzu böyiça muzokara ötkazişdi.
"Avstraliya hukumati Yaponiyaning Janubiy okeanga qaytib, kitlarni "ilmiy" maqsadlarda ovlaşga qaror qilganidan juda xafa", - dedi Avstraliyaning atrof-muhit masalalari böyiça vaziri Joş Fraydenberg.
"Kitlarni örganiş uçun ularni öldirişga hojat yöq", - qöşimça qildi Fraydenberg.
2014 yilda Avstraliya tomonidan qözğatilgan işda Xalqaro sud Janubiy okeandagi kit ovlarini töxtatiş kerakligi haqida qaror çiqargan edi. Bu Yaponiyani bir mavsum davomida ovni töxtatib turişiga sabab böldi, biroq 2015 yilda Yaponiya kit ovlaşda davom ettirdi.
Barça şakldagi (tijorat va ilmiy maqsadda) kit oviga qarşilik qiluvçi Avstraliyaning Yaponiya masalasida xavotiri oşmoqda, - dedi Avstraliya taşqi işlar vaziri Juli Bişop "Reuters" agentligiga.
Yaponiya bu ovlar aksariyat kitlarga xavf tuğdirmasligi, kit iste'mol qiliş mamlakat madaniyatining bir qismi ekanini ta'kidlamoqda. Yaponiya 1987 yildan buyon "kitlarni ilmiy örganib" keladi.
Kit oviga qarşi çiquvçi Sea Shepherd guruhi yakşanba kuni Yaponiyaning Nisshin Maru kit ovlovçi kema palubasidagi ölik kit suratini çop etgandi.









