Trampga özini «tinçlik prezidenti» deb atovçi şaxs qanday qilib butun boşli mamlakatni yöq qilişga çaqirişi mumkinligi haqida savol berildi.
«Çunki Eronni yöq qilib, biz butun dunyoda tinçlikka erişgan bölardik. Eron bilan tinçlik örnatiş mumkin deb öylamayman» - deb javob berdi u.
Donald Trampning qöşimça qilişiça, Eronga qarşi operatsiya muddati özining taşabbusi bilan çözilgan.
«Faqat uzoqroqqa borişni xohlaganim uçun. Men ularni yöq qildim. Öşa bosqiçda töxtaşim ham mumkin edi, lekin oldinga intilişni xohladim. Ular menga kerak emas edi - axir men belgilangan muddatda ulgurdim» - dedi Amerika prezidenti. Uning sözlariga köra, Eronning iqtisodiyoti, floti va harbiy aviatsiyasi yöq qilingan, inflyatsiya esa «300 foizni taşkil etmoqda».
AQŞ prezidenti Eronning tinçlik yöli bilan tartibga soliş böyiça sönggi taklifini rad etganini qöşimça qildi, çunki uning baʼzi jihatlari «yetarliça yaxşi emas» edi. Axios naşri maʼlumotlariga köra, uçraşuvda Qatar tomonidan taklif etilgan murosa - Tehronning yadroviy dasturini çeklaş evaziga Amerikaning harbiy-dengiz blokadasini bekor qiliş masalasi muhokama qilingan.












