DW naşrining Politicoʻga tayanib xabar berişiça, sud qarori haqida 1-oktabr, payşanba kuni maʼlum qilingan. Qaror Vaşington ştatining Ğarbiy okrugi federal prokurori lavozimidan böşatilgan Rojer Rogoffning daʼvosi asosida qabul qilingan.
Okrug sudi Rogoffni mazkur lavozimga tayinlaganidan köp ötmay, Tramp uni işdan olgan va örniga öziga sodiq Çarlz Nil Floydni qöygan.
Sud: Rogoff hamon prokuror
Sudya Bastianning taʼkidlaşiça, bunday almaştirişlar Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan tizimni buzadi. Uşbu tizim prezidentning mansabdorlarni tayinlaş huquqi hamda Senatning nomzodlarni tasdiqlaş vakolati örtasidagi muvozanatni taʼminlaydi.
Sud Rogoff 15-iyul kuni qasamyod qabul qilganidan buyon federal prokuror lavozimini qonuniy ravişda egallab kelayotganini qayd etdi. Prezident maʼmuriyati uning örniga belgilangan tartibga zid ravişda tayinlagan Floyd esa bu lavozim vakolatlariga ega emas, deb topildi.
Bastian, şuningdek, AQŞ boş prokurori Todd Blanş va Adliya vazirligiga Rogoffni işdan böşatilgan yoki lavozimidan çetlatilgan deb hisoblaşni, uning xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilişni taqiqladi. Ular mazkur okrug prokurori sifatida Rogoffdan boşqa şaxsni tan olmasligi kerak.
Adliya vazirligi qaror ustidan şikoyat qilişini va apellyatsiya körib çiqilayotgan vaqtda uning ijrosini töxtatib turişni söraşini bildirdi.
Tramp maʼmuriyati Senat tasdiğini çetlab ötişga uringan
Politicoʻning yozişiça, Tramp maʼmuriyati prezidentga sodiq şaxslarni yuqori lavozimlarga tayinlaş uçun Senat tasdiğidan ötiş tartibini bir neça bor çetlab ötişga harakat qilgan.
Okrug sudyalari öz vakolatlaridan foydalanib, federal prokuror lavozimiga boşqa nomzodni tanlagan holatlarda Tramp öşa şaxsni işdan böşatgan, deya qayd etadi naşr.
AQŞda federal prokurorlar qanday tayinlanadi?
Xabarda keltirilgan tartibga köra, federal prokurorlikka nomzodni AQŞ prezidenti ilgari suradi, Senat esa uni tasdiqlaydi.
Lavozim böş qolsa, boş prokuror 120 kunga vaqtinçalik federal prokuror tayinlaydi. Agar şu muddat tugaguniga qadar doimiy prokuror tasdiqlanmasa, nomzodni tanlaş vakolati tegişli federal okrug sudiga ötadi.












