Marokaş qiroli Muhammad VI Gambiyada prezident saylovlarini yutqazgan sobiq  prezident Yahyo Jammega agar u mağlubiyatini tan olsa, boşpana berişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Desk portali ma'lum qildi. 

Avvalroq Jamme lavozimini tark etmasa, Nigeriya va Ğarbiy Afrikaning qolgan davlatlari Gambiyaga qöşin olib kirişga tayyorlanayotganlari ma'lum qilingandi.

Portalning ma'lum qilişiça, marokaşlik diplomatlar Gambiyaning endilikda sobiq rahbari bilan uni mağlubiyatni tan olişga köndiriş maqsadida bir neça kundan beri muzokaralar olib borişmoqda. 

Portalning ta'kidlaşiça, agar Jamme Marokaş taklifini qabul qilsa, bu uçun "oltin pensiya" böladi.

Jamme 2010 yilda Gambiya qiroli bölmoqçiligini e'lon qilgan, biroq bu fikridan qaytib, saylovlar ötkazişga qaror qilgan.