Ispaniyaning Marokaş bilan çegaradoş bölgan Seuta avtonom şahri rahbari Xuan Xesus Vivas sönggi kunlarda migrantlar oqimi keskin kuçayganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, qabul markazlari tölib ketgan, dengiz orqali ötişga uringanlar orasida qurbonlar ham köpaymoqda.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga köra, sönggi kunlarda Seutaga yetib kelişga uringan kamida töqqiz nafar migrant dengizda halok bölgan.

AFP agentligi qayd etişiça, bu 2021 yildan buyon kuzatilgan eng yirik migrantlar oqimi hisoblanadi. Öşanda 10 mingdan ortiq kişi Seuta çegarasini kesib ötişga uringan edi.

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes hukumat vaziyatga zudlik bilan javob qaytariş uçun barça zarur resurslarni safarbar etganini bildirdi. Mamlakat Içki işlar vazirligi esa şaharda xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida harbiy xizmatçilar yuborilganini ma’lum qildi.

Içki işlar vaziri Fernando Grande-Marlaska 31 iyul kuni Seutaga taşrif buyurişi kutilmoqda. U Marokaş hukumati bilan hamkorlikni yuqori baholab, ikki davlat noqonuniy ravişda Seutaga kirgan şaxslarni imkoni boriça tezroq Marokaşga qaytariş böyiça hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.

Associated Press ma’lumotiga köra, mahalliy hokimiyat migrantlar oqimining kuçayişini Ispaniya Oliy sudining iyul oyi boşida qabul qilgan qarori bilan boğlamoqda. Unga köra, dengiz orqali mamlakatga kelgan migrantlarni tegişli huquqiy tartib-taomillarsiz darhol orqaga qaytariş mumkin emas. Bu tartib quruqlik orqali çegarani noqonuniy kesib ötganlarga nisbatan amal qilmaydi.

Seuta va Melilya Ispaniyaning Afrikada joylaşgan ikki eksklavi bölib, ular orqali köplab afrikalik migrantlar Ğarbiy Yevropa davlatlariga yetib borişga harakat qiladi. Marokaş esa ularning aksariyati uçun Yevropaga yöldagi asosiy tranzit mamlakat hisoblanadi.