Amerikaning Nyu-Jyersi ştatida yaşovçi fuqaro 18-marta mamlakat prezidenti inaguratsiyasida qatnaşadi. Bu haqida NBC naşri xabar berdi. 

91 yoşli kenja Harold Smik birinçi marta 1941 yilning 20 yanvarida marosimga taklif qilingan. Öşanda u 15 yoşda bölgan - Franklin Ruzvelt uçinçi muddatga davlat rahbari etib saylangan. 

"Bu öz mamlakatingdan faxrlaniş tuyğusini baxş etadi", - deydi Harold marosim haqida. 

Manbaga köra, Smik demokratlar partiyasi vakili Hillari Klintonga ovoz berganiga qaramay, AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inaguratsiyasiga taşrif buyuradi. Tadbir 20 yanvar kuni Vaşingtondagi AQŞ Kongressi binosi yonida bölib ötadi.