Afrikaning Senegal davlati, Gambiya prezidenti vakolatlari uzaytirilgani munosabati bilan, harbiy qöşinlarini Gambiya bilan çegara hududlariga safarbar etdi. Bu haqda Reyter agentligi harbiy manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
"Biz u yerga yöl oldik. Biz jiddiy tayyorlanayapmiz", — deya harbiy manba sözlarini keltiradi agentlik.
Şuningdek, mahalliy aholi vakillari ham Gambiya bilan çegaralarga yuzlab senegallik askarlar harbiy avtokarvonlarda ketayotganiga guvohlik berişgan.
18 yanvar kuni Gambiya Milliy assambleyasi saylovlarda mağlub bölgan prezident Yayya Djamme vakolatlarini uzaytirdi. U 19 yanvar kuni lavozimini tark etişi, uni saylangan prezident Adame Barrou egallaşi lozim edi.
Aytiş joizki, Gambiyadagi siyosiy inqiroz dekabr oyi oxirlarida yuzaga çiqqan edi. Öşanda, Yayya Djamme saylov natijalarini tan olmasligini aytib, lavozimini tark etişni rad etgan edi. Uning vakolatlari tugaşiga bir kun qolganida mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy qilindi.
13 yanvar kuni Afrika Ittifoqi mamlakatlari kengaşi 19 yanvardan saylovda mağlub bölgan Djammeni qonuniy prezident sifatida baholamasligini ma'lum qilgan edi. Bundan avvalroq, Nigeriya va ğarbiy Afrika qator mamlakatlarining birlaşgan kuçlari, Djamme hokimiyatni böşatmas ekan, Gambiyaga kirişi mumkinligi haqida xabarlar ham paydo bölgandi.
Gambiya prezidentlik saylovi 2016 yil 1 dekabrda bölib ötgan. Unda 890 ming kişi ovoz beriş huquqiga ega bölgan. Davlat rahbarligi uçun amaldagi prezident Yayya Djamme, asosiy muxolif tuzilma hisoblangan Birlaşgan demokratik partiya nomzodi Adam Barrou va muxolifatdagi "Gambiya demokratik kongressi" yetakçisi Mamma Kande kuraşgan edi.







