Gambiya bilan çegaraga safarbar qilingan Senegal armiyasi agar Gambiya prezidenti Yahyo Jamme öz lavozimini tark etmasa, bu davlatga qöşin olib kirişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Jamme avvalroq ötkazilgan prezidentlik saylovlarida muxolif nomzod Endryu Berrouga yutqazganiga qaramasdan, öz lavozimini tark etişdan boş tortmoqda.

"Biz tayyormiz va yarim tungaça muxlat beramiz. Agar siyosiy yeçimni topişga muvaffaq bölinmasa, biz vaziyatga aralaşamiz", deb aytgan Senegal armiyasi vakili.

Senegal şuningdek BMT Xavfsizlik kengaşiga "Gambiya xalqi istagi e'tiborga olinişi uçun barça çoralarni köradigan" Ğarbiy  Afrika iqtisodiy hamjamiyatini qöllab-quvvatlaş iltimosi bilan rezolyutsiya yölladi.

"Yakun keldi. Buni qabul et", deb aytgan ğolib Berrou Jammega.