"Novosti Uzbekistana" sayti tahririyatiga Usmonova M. ismli ayoldan Toşkentning Uçtepa tumanida u bilan yuz bergan kurakda turmaydigan hodisa haqida xabar beriş iltimosi bildirildi.
10 yanvarda ayol maşina rulida bölgan otasi bilan "Malibu" haydovçisi va undagi yölovçi haqoratlari va muştumzörliklari jabrdiydalari bölganlar. "Ming örik" restorani oldida "Malibu"dagi "şovvozlar gazni bosib" Usmonova ketayotgan avtomobil yölini tösganlar. Qizning otasi bazör tormozni bosişga ulgurgan va maşina oynasini tuşirib, "Malibu" haydovçisiga "Tinçlikmi?" deb murojaat qilgan.
Şundan keyin aqlbovar qilmas voqealar yuz berib ketgan. Qoidabuzar haydovçi maşinadan sapçib tuşib, keksa erkakni yoqasidan olgan va unga sökina ketgan. Qiz otasining yonini ola boşlaganda, "Malibu"dagi ikkinçi yölovçi uning boşiga ura ketgan va sökingan. Qiz bezori qölidan bazör çiqib ketib, maşinaga qaytib, sodir bölayotgan bezorilikni telefonga olmoqçi bölgan. Biroq uni urgan yigit uning qöliga muşt tuşirib, unga baqira boşlagan. Unga şerigi ham qöşilib, qizning qölidan telefonni tortib olib, uni oyoği bilan yançib taşlamoqçi bölgan. Ota bezorilar qölidan telefonni yulib olib, qizini maşinaga ötkazib, voqea joyidan ketgan.
Qizning telefoni beşikast qolgan va yozib olingan video saqlanib qolgan.
Qiz darhol militsiyaga murojaat qilgan. Unga nozir telefon qilib, idoraga kelib ariza yozişni söragan. Militsiya bölimiga bezori yigitlar ham kelib, "Malibu" haydovçisi öz harakatlarini inkor qila boşlagan va aksinça, DANga telefon qilib, qizning otasi uni urib, voqea joyidan qoçib ketganini deyişini aytgan.
Şu kuni keçga yaqin ayolga özini militsiya noziri Eşbakov Ş. ning şerigi deb taniştirgan Bexzod ismli kimsa qönğiroq qilgan va "işni qanday bosdi-bosdi qiliş" mumkinligini söragan. U öz harakatlarini "Yigitlar yaxşi, rost aytmoqdaman, agar yomon bölganlarida yonlarini olmasdim. Bizlarda işlaydilar. Öqişni tugatganlar", deb tuşuntirgan.
Biroq ayol işni "bosdi-bosdi qilişdan" boş tortgan.
"Men IIV işonç telefoniga murojaat qildim. Göşakni olgan odam özini Mirziyod ismli mayor deb taniştirgan. U arizamni qabul qilgan, söngra qaytib qönğiroq qilib, hammasi qonun böyiça bölişini va u işni şaxsiy nazoratiga olişini aytgan. Bexzod kim degan savolimga Uçtepa tumani IIV boşliği menga kimligini tuşuntirişini aytgan. Militsiya noziri Eşbakov oçilgan iş raqamini va bezorilarning familiyasini menga aytmagan", deb voqeani sözlab bermoqda Usmonova.
Boş prokuraturaga murojaatlar ham heç qanday natija bermagan.







