Ğarbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyatining Gambiyadagi harbiy amaliyoti 20 yanvar tuşgaça vaqtinça töxtatildi. Saylovda mağlub bölgan prezident Yayya Djammega hokimiyatni tinç yöl bilan topşirişi uçun imkoniyat beriş maqsadida şunday qaror qabul qilingan. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda.
20 yanvarga ötar keçasi Senegal hukumati öz qöşinini Gambiyaga olib kirganini ma'lum qildi. Nigeriya ham harbiylarini safarbar etganini e'lon qildi. Bundan taşqari, Senegal armiyasi, Gambiyaning harbiy inşootlariga zarbalar beriş boşlangani haqida axborot tarqatdi.
Eslatib ötamiz, 19 yanvar kuni hokimiyatni saylangan prezident Adam Barrouga topşirişi kerak bölgan amaldagi davlat rahbari vakolatlari Gambiya parlamenti tomonidan 18 yanvarda uzaytirilgan, mamlakatda favqulodda holat joriy qilingan edi. Barrou 19 yanvar kuni Gambiyaning Senegaldagi elçixonasida vazifasiga kirişgan edi.








