Gambiyaning yangi prezidenti etib saylangan Adam Barrou rasman öz lavozimini bajarişga kirişdi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Barrouning inauguratsiyasi Gambiyaning Senegal poytaxti Dakardagi elçixonasida bölib ötdi. Ta'kidlanişiça, marosim vaqtida Gambiya ustidan Nigeriya harbiy-havo kuçlarining razvedka samolyotlari parvoz qilib yurgan.
Gambiyaning amaldagi prezidenti Yahyo Jamme dekabrda ötgan saylovlarda yutqazgaç, öz lavozimini tark etişni istamagan. Avvalroq agar Jamme hokimiyatni topşirişdan boş tortsa, Senegal va Nigeriya qöşinlari Gambiyaga kirişga tayyorliklari ma'lum qilingandi.
Şunga köra, Senegal qöşinlari saylovlarda ğolib bölgan Barrouga hokimiyatning topşirilişini ta'minlaş maqsadida Gambiya hududiga bostirib kirdi.
Jamme hokimiyatni 19 yanvarda topşirişi kerakligiga qaramasdan, Gambiya milliy assambleyasi 18 yanvarda uning prezidentlik vakolatlarini uzaytirib bergan. Şundan keyin Senegal Gambiya çegarasiga qöşinlarini yuborayotgani haqida xabar paydo bölgan.








