AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimini boykot qilişga qaror qilgan Demokratik partiya vakillari soni ösişda davom etmoqda. Bu haqida Politico naşri xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, noroziliklar tölqini Trampning taniqli fuqarolik huquqlar himoyaçisi, kongressmen Jon Lyuisni tanqid qilganidan keyin boşlangan. 

Manbada ma'lum qilinişiça, marosimga atigi bir kun qolganda 62 nafar demokrat Vaşingtondagi inauguratsiyada qatnaşişdan voz keçgan. Arizona, Kaliforniya, Florida, Jorjiya, Illinoys, Kentukki, Men, Merilend, Massaçusets, Miçigan, Minnesota, Missisipi, Missuri, Nyu-Hempşir, Nyu-Jyersi, Nyu-York, Şimoliy Karolina, Ohayo, Oregon, Pensilvaniya, Tennessi, Texas, Virjiniya, Vaşington va  Viskonsin ştatlari senatorlari şular jumlasidandir.