Amerikaning texnologiyalar konserni General Electric 2016 yil yakunlariga köra 8,54 milliar dollar sof daromadga ega böldi. Bir yil avval esa 5,79 milliard dollarlik zarar kuzatilgandi, deyiladi kompaniya hisobotida. Ijobiy körsatkiçlarga elektr energetika va qayta tiklanuvçi energiya manbalari bilan şuğullanuvçi bölinmalarning samarali faoliyati tufayli erişilgan. IV çorakda GE’ning daromadi bir yillik nisbatda 43 foizga tuşib ketdi – 3,66 milliard dollargaça.
Kompaniya sof daromadi çorak yakunlariga köra 45 foizga pasaydi – 3,486 milliard dollargaça (yoki bir aksiya uçun 0,39 AQŞ dollari). Ularning asosiy qismi aksiyadorlar hissasiga töğri kelgan. Bu boradagi kirim esa 2 foizga qisqardi – 33,09 milliard dollargaça.
General Electric’ning 2016 yildagi daromadi yillik nisbat bilan olganda 5 foizga oşgan – 123,7 milliard dollargaça. Kirim IV çorakda 2015 yilning şu davriga nisbatan 2 foizga tuşib ketdi – 33,09 milliar dollar.
General Electric aksiyalari qiymati hisobot e'lon qilingaç esa 0,13 foizga arzonlaşdi – bir qoğoz uçun 31,2 AQŞ dollarigaça.












