ŞHTning Pekindagi boş qarorgohida Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi taqdimoti ötkazildi. Tadbirda diplomatlar, ekspertlar va tadbirkorlar iştirok etdi.
Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi, ŞHT kotibiyati, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va Toşkent davlat şarqşunoslik instituti tomonidan taşkil etilgan tadbir qatnaşçilari xitoy tilida naşr etilgan «Yangi Özbekistonning 2022-2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasi» kitobi bilan taniştirildi.
ŞHT boş kotibi Çjan Min Özbekistonning mintaqadagi taraqqiyot, tinçlik va barqarorlikka qöşayotgan hissasini yuqori baholadi.
"Beşta ustuvor yönaliş böyiça beş yillik harakatlar strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oşirgan Özbekiston endi yetti yönalişdan iborat "Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi"ni qabul qildi. Özbekiston ŞHT doirasida xalqaro maydonda respublika nufuzini yuqoriga olib çiquvçi hamda transport, innovatsiya va raqamli taraqqiyot, madaniy va xalq diplomatiyasi borasida hamkorlikka xizmat qiluvçi köplab taşabbus va takliflarni ilgari surmoqda", dedi Çjan Min.
"Özbekiston va Xitoy xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, xususan, BMT va ŞHT doirasida sermahsul hamkorlik qilmoqda, biz xalqaro dolzarb masalalar böyiça öxşaş va yaqin qaraşlarga egamiz. Özbekiston va Xitoy örtasidagi 30 yillik munosabatlar yuqorilab boruvçi va mustahkam tusga ega böldi", dedi Özbekistonning Xitoydagi elçisi Farhod Arziyev.












