Bugun, 28 yanvar «2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi. Bu haqda Yuksaliş umummilliy harakati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor yönaliş, 398 ta band hamda 100 ta maqsaddan iborat.
2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning Taraqqiyot strategiyasi xalq farovonligini oşiriş, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qiliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, inson huquqlari va manfaatlarini sözsiz ta’minlaş va faol fuqarolik jamiyatini şakllantirişga qaratilgan yönalişni qamrab olgan.
Strategiyani 2022 yilda amalga oşirişga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan çora-tadbirlar uçun 55 trillion söm (taqriban 5,1 milliard dollar) va 11,7 milliard AQŞ dollari ajratilişi nazarda tutilmoqda.












