IŞID jangarilari Iroqning Mösul şahrini tark etmoqçi bölgan tinç aholiga hujum qilmoqda va şifoxonalarni harbiy baza sifatida qöllamoqda. Bu orada oddiy aholi xalqaro koalitsiya aviazarbalaridan halok bölmoqda, deb aytdi Jyenevada BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi matbuot kotibi Ravin Şamdasaniy.
Şamdasaniyning aytişiça, xalqaro koalitsiyaning Mösulga bergan aviazarbalari oddiy aholi orasida qurbonlarga olib kelmoqda.
"Biroq IŞID jangarilari tinç aholi uylarida, fuqarolik infratuzilmasida joylaşib olgani hamda fuqarolarni tirik qalqon sifatida qöllaşi sababli neça kişi yarador bölgani va neça kişi halok bölganini tasdiqlaş qiyin", deb aytdi Şamdasaniy.
Şamdasaniyning aytişiça, jangarilar şifoxonalarni egallab olib, ularni harbiy bazalar sifatida qöllamoqda hamda asosiy oziq-ovqat, tibbiy zaxira va suvni jangarilarga yubormoqda.








