O‘zbekiston | 02:18 / 27.01.2017
8241
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalarni MTMlarga qamrab olish 26 foizdan 48 foizga ko‘tariladi

Foto: O‘zA

Payshanba kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Harakatlar strategiyasi muhokamasining navbatdagi yo‘nalishi muhokama qilindi - ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar. Bu sohadagi eng diqqatga sazovor tizimlardan biri - fan va ta'lim tizimi. 

Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislarimiz sohada juda keng qamrovli masalalarga oydinlik kiritishga to‘g‘ri kelishi ta'kidlashdi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasida (MTM) bolalar qamrovi 26 foiz bo‘lsa, dastur ishlab chiqilgandan keyin 50 ta yangi bog‘cha qurilishi, 2200 MTM qayta ta'mirdan chiqarilishi natijasida ushbu ko‘rsatkich 48 foizga yetishi qayd etildi. Shuningdek xususiy bog‘chalarga ehtiyoj borligi, ularga keng imkoniyatlar yaratilishi ham aytib o‘tildi. 

Ta'kidlash jiozki, 2017 yilda 300dan ortiq maktabni qayta ta'mirdan chiqarish maqsad qilingan. Bundan tashqari, maktablar 11 yillik bo‘lmasligi, bunday loyiha yo‘qligi ta'kidlandi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda "9+3" tizimiga amal qilinmoqda (ya'ni 9 yil maktab va 3 yil kollej, litsey). 

Har yili mehnat bozoriga kirib keladigan yarim million yigit-qizlarni ish bilan ta'minlash - katta muammo ekanligiga urg‘u berildi. Bu borada ishlar olib borilayotgani ta'kidlandi. 

Shu o‘rinda, aholining 60 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat ekanligi va bu yoshlarga doir siyosatni takomillashtirishni talab qilishi alohida qayd etildi. Yoshlarimiz bugungi kunda qanday mafkuraviy yo‘nalishda ketyapti, ularning intellektual salohiyatini oshirish, ilm-fan, sport, san'at bilan shug‘ullanishga jalb qilish muhimligiga e'tibor qaratildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid