Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Audi’ning ikkita modeli eng yaxshi deb topildi
Audi brendining eng "kichik" modeli Audi A1 Auto motor und sport jurnali tomonidan jurnalxonlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra "Kichik avtomobil" toifasida, Audi A3 esa "Ixcham avtomobil" toifasida eng yaxshi deb topildi. Mukofotlarni topshirish marosimi Shtutgartda bo‘lib o‘tdi.
"Eng yaxshi avtomobil – 2017" tanlovidagi ikkita g‘alaba yangi yilda bizni olg‘a intiltiruvchi kuch bilan quvvatlantirdi. Ushbu muvaffaqiyat avtomobillarimiz hamon hayrat uyg‘otishini ko‘rsatmoqda. Bu bizga kelajakdagi yo‘limizda ishonch beradi", deb g‘alabalarga izoh berdi Audi AG boshqaruv raisi Rupert Shtadler.
"Audi A1 va Audi A3 modellari Audi’ning ixcham shakldagi modellarida bo‘lgan barcha yaxshi narsani taklif qiladi. Muvaffaqiyatning bu retsepti bilan ikki model yuqori savdo hajmlarini ko‘rsatmoqda", deb qo‘shimcha qildi Audi AG boshqaruvi a'zosi Diter Voggenreyter.
Joriy yilda jurnal tanlovni 41-marotaba o‘tkazmoqda, jurnalxonlar 11 toifa bo‘yicha 378 ta modeldan eng yaxshilarini tanladilar. A1 va A3 modellaridan tashqari, Audi’ning Q7 modeli ham yaxshi natija ko‘rsatdi, u "Katta yo‘ltanlamas" toifasida 2-o‘ringa loyiq deb topildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53
-
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 17:45
-
O‘zbekistonga to‘y islohoti kerak: jamiyat o‘zgarishlarga tayyor
O‘zbekiston | 17:36
Mavzuga oid

11:15 / 08.04.2025
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi

11:26 / 18.03.2025
Audi 2029 yilgacha Germaniyada 7500 ta ish o‘rnini qisqartiradi

20:49 / 16.09.2024
Bryusselda Audi zavodining yopilishiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi

13:21 / 28.06.2023