5-avgust kuni Xitoyning Şandun provinsiyasi qirğoqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan “Samarqand-2028” va “Lampung-1” giperspektral sun’iy yöldoşlari uçiriladi.

Uçiriş Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.

“Samarqand-2028” sun’iy yöldoşi «Özbekkosmos» agentligi va STAR.VISION kompaniyasi örtasida imzolangan strategik memorandum doirasidagi hamkorlik natijasi hisoblanadi.

Mazkur giperspektral sun’iy yöldoşga “Samarqand-2028” nomi Avstraliyaning Sidney şahrida bölib ötgan Xalqaro astronavtika kongressida  2028-yilgi kongressni Samarqand şahrida ötkaziş töğrisida qabul qilingan qaror şarafiga tanlangan.

Loyiha doirasida «Özbekkosmos» agentligi mutaxassislari tomonidan sun’iy yöldoş borti uçun maxsus sun’iy intellekt moduli işlab çiqildi. Mazkur modul giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitaning özida qayta işlaş imkonini berib, Yer yuzasini masofadan zondlaş samaradorligini sezilarli darajada oşiradi. Olingan ma’lumotlardan qişloq xöjaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qiliş va boşqa yönalişlarda foydalaniş rejalaştirilgan.