Soğlom farzand kelajak poydevoridir. Yetilib kelayotgan har bir yoş avlod Vatanning, jamiyatning yanada mustahkamlaş bölişiga zamin yaratadi. Soğlom ona va soğlom bola kamoloti Özbekistonda siyosiy darajaga kötarilgan mavzulardan biridir. Zero soğlom onadan, albatta, soğlom bola dunyoga keladi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidan, hozirda poytaxtda tadbirkorlik bilan şuğullanib kelayotgan Mamatov Baxtiyor va uning rafiqasi Törayeva Dilsözlarning oilasida 2016 yilning 15 sentabri özgaça keldi. Yoş oilada uç nafar egizak dunyo yuzini kördi. Bu bir hayrat, ammo har ikkisi 28 yoş bölgan oilaning bundan oldin ham uç nafar farzandi bor edi. ayni damda olti nafar farzandning barçasi soğlom voyaga yetmoqda.
“Bizning uç nafar farzandimiz bor edi. Yaxşi niyatla yana bir öğil farzand körişni maqsad qilgan edik”, deydi Mamatov Baxtiyor. “Ammo Yaratganning inoyati ekan, bizga uç nafar egiz farzand tuhfa etdi. Ayni damda farzandlarimning ham, onasining ham ahvoli yaxşi. Egizlarning kattasiga Birinçi Prezidentimizga nisbatan hurmat va ehtirom tufayli, qolaversa, farzandim ulğayib, u kişidek vatanparvar, jasur, ilmli kişi bölib yetişişi uçun yaxşi niyatla Islomjon deya ism berdik. Ikkinçi va uçinçi egizlar qiz böldi. Ularning biriga Imona, ikkinçisiga esa Imrona, deya ism qöydek”.

Darvoqe, uşbu baxtiyor otaning tönğiç farzandi Layloning yoşi 9 da. Ikkinçi farzandi Amrjon 7 ga qadam qöydi. Yasinabonu esa 5 ni qarşiladi.
Dunyo mö'jizalarga boy. Yaratganning ne'mati bisyor. Uşbu baxtiyor oilaga qarab havas qiladiganlar köp. Umid qilamizki, uşbu jajji bolajonlar kelajakda komil inson bölib voyaga yetişadi, öz eli, öz xalqi xizmatida, qolaversa, ota-ona xizmatida kamarbasta bölişadi.












