Ispaniya çempionatining 20-turida «Real»ning «Real Sosedad»ga qarşi öyinida klubi muxlislari öz futbolçilarini iliq kutib olmadi.
AS xabariga köra, öyindan oldin, stadion suxandoni tarkibni e'lon qilayotgan paytda, Kriştianu Ronalduning ismi tilga olinganida mahalliy muxlislar ommaviy huştakbozlik qilişgan. Bundan taşqari, ularning nafratomuz baqiriqlari Karim Benzema va Daniloga nisbatan ham işlatilgan.
Öyinning 23-daqiqasida esa Ronaldu töpni yöqotgan vaziyatda «Real» muxlislari huştakbozlik uyuştirişgan. Futbolçi esa ularga qarab, «ablahlar» degan sözni işlatgani körinadigan video paydo böldi.
«Real» uşbu öyinda 3:0 hisobida ğalaba qozondi, Ronaldu esa gollardan biriga mualliflik qilib, yana bir golga uzatma berdi.












