AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Ronald Vitiyelloni AQŞ çegara xizmatiga rahbar qilib tayinladi, deb xabar bermoqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi.
Ötgan haftada AQŞ çegara xizmatining sobiq rahbari Mark Morgan AQŞning yangi ma'muriyati talabiga köra iste'foga ketgandi. Morganning iste'fosi haqidagi xabar Tramp çegaralarni qöriqlaşni kuçaytiriş haqidagi farmonni imzolagan kun ertasiga paydo bölgan. Taxmin qilinişiça, çegaraçilar soni 5 ming kişiga oşiriladi.
AQŞ çegara xizmati AQŞ bojxona va çegaralarni qöriqlaş federal xizmati tarkibiga kiradi. Noqonuniy muhojirlarni uşlaş, qurol-aslaha kontrabandasi, odamlarni noqonuniy taşişning oldini oliş uning vazifalariga kiradi.








