Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi sobiq rahbari Alişer Xöjayev Kinematografiya agentligi direktori örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 28 mart kuni Kinoçilar uyida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi mas’ullari, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi rahbariyati va tizim taşkilotlari xodimlari iştirokida sohaning bugungi holati tahlili, oldinda turgan muhim vazifalarga bağişlangan yiğiliş bölib ötgan. Unda Kinematografiya agentligi direktori örinbosari lavozimiga tayinlangan Alişer Xöjayev jamoaga taniştirildi.
Ma’lumot uçun, Alişer Xöjayev 1963 yili Toşkent viloyatida tavallud topgan, 1985 yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1985–1993 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekşiriş institutlari, işlab çiqariş birlaşmalarida faoliyat olib borgan, 1993–1996 yillarda NKK firmasida tizim muhandisi bölib işlagan.
1996 yildan 1998 yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998–2001 yillarda esa UzPAK kompaniyasida boş direktor lavozimida mehnat qilgan.
2001–2002 yillarda Özbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari, 2002–2005 yillarda Özbekiston Aloqa va axborotlaştiriş agentligi rahbari örinbosari, 2005–2017 yillarda MTRK raisi sifatida faoliyat körsatgan.
2017 yil boşida tanqidga uçrab işdan ketgan, lekin bir muddatlik tanaffusdan keyin, avgust oyida yana MTRK raisi lavozimga qaytgandi.
Jami qariyb 20 yilga yaqin vaqt davomida Milliy teleradiokompaniyaga rahbarlik qilgan Xöjayev 2024 yil fevralida bu lavozimni yana bir bor tark etdi. Uning örniga Abduraşid Jöraboyev tayinlandi.








