Avtomobillar xavfsizligi böyiça sinovlar ötkaziş bilan şuğullanuvçi Euro NCAP taşkiloti 21 yillik faoliyatini tahlil qildi. Taşkilot ma'lumotlariga köra, yigirma yillardan beri ötkazib kelinayotgan kraş-testlar 78 mingdan ortiq inson umrini saqlab qolişga imkon bergan. Bu haqda EuroNCAP rasmiy saytida xabar qilingan.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga binoan, 1997 yildan buyon 1800 avtomobil xavfsizligi tekşirilgan hamda 630ta reyting tuzilgan. Bularning bariga yaroqsiz holga kelgan avtomobillarni hisoblamaganda 160 million yevro sarflangan. 

Euro NCAP özining ilk sinovlarini 1997 yilda ötkazgan. Unda Ford Fiesta, Volkswagen Polo, Fiat Punto, Nissan Micra, Vauxhall Corsa, Renault Clio va Rover 100 kabi avtomobillar tekşirilgan. 

Taşkilotning eng yuqori xavfsizlik bahosiga birinçi bölib Volvo S40 sedani erişgan. 

Şu bilan birga, Euro NCAP ötkazgan eng oxirgi sinovlar Volvo S90 sedani va V90 universali hamda Ford Mustang kupesi bilan ötkazilgan. Şvetsiya avtomobillari xavfsizlik borasida eng yuqori ballga ega bölgan, Amerika maşinasining bu boradagi imkoniyatlari ikki ballga baholangan.