Şvetsiyaning Koenigsegg kompaniyasi Regera modelining kraş-testi videosini taqdim qildi. Rolik kompaniyaning Instagram’dagi akkauntida joylaştirilgan.

Videoda Regera turli sinovlarga bardoş berayotgani tasvirlangan. Giperkar yon tomondan, oldidan va orqadan zarbalarga uçraydi, uning turli qismlariga bolğa bilan uriladi. Barça hollarda maşina kabinasi deformatsiyalanmagan, xavfsizlik yostiqçalari esa soz işlagan. Bundan taşqari, avtomobil katta tezlikda bordyur ustidan yurgaziladi – şu tariqa maşinaning haydovçi boşqaruvni yöqotgandagi va maşina yöl çetidan çiqib ketişidagi vaziyat modellaştiriladi.   

Koenigsegg Regera’dan bor-yöği 80 dona işlab çiqarilgan va ularning barçasi sotib yuborilgan. Giperkar ikki turbinali V8 dvigateli bilan jihozlangan. Avtomobil quvvati 1500 ot kuçiga yetadi. Koenigsegg Regera’ning narxi 2 mln dollardan boşlanadi.