Farğona viloyati Rişton tumanidagi “STRAUS FARM” Özbekiston – Buyuk Britaniya qöşma korxonasida mahalliy şaroitda tuyaquş boqiş yölga qöyilgan bölib, ayni kunlarda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erişilmoqda, deb xabar berdi ÖzA.

Ötgan yili taşkil etilgan mazkur korxonaga 306 ming dollar evaziga xorijdan 200 boş Afrika tuyaquşi keltirilib, zamonaviy inkubatorlar taşkil etilgan va tuyaquş jöjalarini oçiriş yölga qöyilgan edi. 16 gektarga yaqin yer ajratilib, tuyaquş boqiş uçun kerakli maydon va ötloqlar barpo etildi. 

Ayni paytda bu yerda 120-150 kilogramm vaznga ega va yiliga 80-100 donadan jöja oçadigan tuyaquşlar parvarişlanmoqda. Bahor oylaridan tuyaquş jöjalarini oçiriş boşlanadi. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, tuyaquş 4 yilda reproduktiv yoşga yetadi va parrandaçilikda bunday quşlar “Brider” deb yuritiladi. Ularning örtaça tuxum qöyiş yoşi 10-15 yil, zotdor tuyaquşlar 40 yil davomida tuxum qöyaveradi. Bitta tuyaquş 10-12 yil davomida qöygan tuxumdan çiqqan jöja göşti örtaça 72 tonnaga yetişi mumkin. Tuyaquş boqişni yölga qöyiş oilalar uçun ham qulay va daromadli bizneslardan biridir.