Sport | 14:54 / 03.02.2017
12504
1 daqiqa o‘qiladi

«Sport» telekanali Italiya va Fransiya chempionatlari translyatsiyasi huquqini sotib oldi

O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi kuchli beshlik chempionati o‘yinlarini namoyish etish huquqini sotib oldi. Bu haqda Tribuna‘ga vaziyatdan xabardor manba ma'lum qilgan.

Xabar qilinishicha, MTRK «Sport» telekanali orqali Italiya va Fransiya chempionati uchrashuvlarini translyatsiya qilish huquqini sotib olgan. 

Hozircha translyatsiyalarning qachondan boshlab efirga uzatilishi borasida aniq ma'lumotlar yo‘q. Katta ehtimol bilan mazkur hafta dam olish kunlaridan boshlab uchrashuvlar translyatsiyasi boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kuchli beshlikning ikkita — Angliya va Ispaniya chempionati o‘yinlari translyatsiyasi UzReport telekanaliga tegishli hisoblanadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid