Toşkentda nufuzli ACIBADEM (Turkiya) xalqaro klinikasi konsultativ markazining oçiliş marosimi bölib ötdi. Endilikda Özbekiston aholisi jahonga maşhur, yetakçi ekspertlarning tibbiy xizmatlaridan foydalaniş yoki masofaviy konsultatsiya oliş imkoniga ega böladi. 

Oçiliş marosimidan avval ötkazilgan matbuot anjumanida ACIBADEM klinikalar tarmoğining MDH mamlakatlarida investitsiya va biznesni rivojlantiriş böyiça bölim rahbari Murat Pekmezöğli, Turkiyaning yetakçi gematologi, miya suyagini köçirib ötkaziş böyiça mutaxassis Erjument Ovali, professor Siret Ratip, ACIBADEM'ning Özbekistondagi rasmiy vakili Iskandar Şamsiyev sözga çiqdi. Şuningdek, xalqaro mutaxassislar va klinika vakillari yangi axborot markazining maqsad va vazifalari haqida alohida töxtalib ötişdi.

OAV xodimlari esa taşkilotçilarga töğridan-töğri savollar berişdi.

Murat Pekmezöğli, ACIBADEM klinikalar tarmoğining MDH mamlakatlarida investitsiya va biznesni rivojlantiriş böyiça bölim rahbari:

"ACIBADEM'ning yangi konsultatsiya markazi Özbekiston va Turkiya şifokorlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşda va uni yanada rivojlantirişda yangi maydon bölişiga işonamiz. Mana şunday professional darajadagi tajribalar almaşinuvi ikki mamlakat tibbiyotining rivojiga öz xissasini qöşadi. Özbekistonda tibbiyot sohasining yuqori körsatkiçda ekanligini alohida e'tirof etiş lozim. Biz diagnostika va davolaş, turli operatsiyalar ötkaziş, şuningdek, boşqa tibbiy xizmatlar körsatiş böyiça hamkorlikda işlaş uçun qöşimça şaroitlar yaratganimizdan juda mamnunmiz. Özbekistonlik şifokorlar uçun malaka oşiriş va ta'lim dasturlarini taşkil qiliş va bu yönalişni yanada rivojlantirişga katta e'tibor qaratişni maqsad qilganmiz".

Abdunömon Sidiqov, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Xalqaro aloqalar bölimi rahbari: 

"Hozirda soğliqni saqlaş sohasiga investitsiyalar kiritiş, yangi, zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta'minlaş hamda yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qiliş böyiça köplab tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xorijning köplab yetakçi tibbiyot markazlari hamkorlikda işlaş va Özbekistonda öz filiallarini oçiş istagini bildirişdi. Şuni ham alohida qayd etib ötiş joizki, malakali mutaxassislardan iborat bölgan tibbiyot markazlari nafaqat poytaxtda, balki respublikamizning boşqa viloyatlarida, jumladan, Xorazm, Nukusda ham oçilişi rejalaştirilgan. Mazkur markazlarning faoliyat yuritişidan közlangan asosiy maqsad - yurtimizdagi tibbiyot sohasi vakillarini kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, onkologiya, travmotologiya, pediatriya kabi turli yönalişlarda öqitiş va malakasini oşirişdan iborat.