Nyu-York şahrini bezab turgan va asrlar davomida butun dunyodan millionlab muhojirlarni qarşi olgan “Ozodlik haykali”ning ğoyasi aslida misrlik arab ayoli siymosidan olingan. Bu haqda Yangidunyo.uz sayti yozmoqda.

Nyu-Yorkdagi uşbu maşhur haykalning me'mori Aleksandr Gustav Eyfel hisoblanadi (Parijdagi Eyfel minorasi ham uning ijodi). Haykal Fransiya tomonidan AQŞdagi Amerika Inqilobining yuz yilligiga hadya sifatida taqdim etilgan. Ğoya asosçisi Frederik-Avgusto Bartoldi ham fransuz millatiga mansub, ammo haykal uçun ilhomni u Fransiyada emas, Misrda topgan.

1855 yili Bartoldi ilk bor Misrga taşrif buyuradi va u yerdagi ulkan haykaltaroşlik namunalarini körib hayratga tuşadi. “Ozodlik haykali: Transatlantik hikoya” asarining muallifi, tarixçi Eduard Berensonning fikriga köra, Bartoldi XIX asrning 60-yillarida Misrdagi Suvayş kanalining oçilişiga atab haykal qurişga bel boğlaydi. Ğoya Usmonli turklarning Misrdagi voliysi Ismoil Poşoga taklif qilinadi. Ozodlik haykali haqida bir neça kitoblar muallifi Barri Morenoning aytişiça, “olov tutib turuvçi u haykal arab dehqon ayolining siymosida 86 fut balandlikka ega bölişi kerak edi”. Şuningdek, arab ayolining römolda bölişi ham közda tutilgan edi. Berensonning sözlariga köra, “haykal kanalning janubiy qismida joylaşişi kerak edi”. Ammo Misr hukmdori Ismoil Poşo kanal uçun katta miqdorda mablağ kiritgan va haykal loyihasi qimmatga tuşişini aytib ğoyani qabul qilmagan edi. Haykalning ilk nomi esa “Osiyoga nur taratib turuvçi Misr” bölişi kerak edi.

Keyinçalik, Versal yaqinidagi keçki ovqatda Bartoldi va uning bir qator yuqori martabali döstlari Napoleon III’ga qarşi turiş haqida suhbatlaşib qolişadi. Suhbat asnosida AQŞga Amerika Inqilobining 100 yilligi munosabati bilan biror sovğa qiliş ğoyasi uyğonadi. Şunda Bartoldiga bir fikr kelib qoladi, “Ah! Menda ğoya bor! Men şu arab ayoli siymosini Amerika Inqilobiga mos tuşadigan qilib özgartirişim mumkin”. Şu yösinda dehqon kiyimidagi arab ayoli ğoyasi asosida AQŞga haykal sovğa qilişga kelişib olişadi.














