AQŞ prezidenti Donald Trampning nemis haftalik naşri Der Spiegel’ning yangi soni muqovasidagi tasviri ijtimoiy tarmoqlar va OAVda köplab tanqidlarga uçradi.
Jurnal öz muqovasiga Trampning IŞID jangarisi kabi bir qölida AQŞdagi Ozodlik haykali boşini, ikkinçi qölida esa qonga belangan piçoqni uşlab turgan suratini joylaştirdi. Suratga berilgan yozuvda "Avvalambor Amerika" deb yozilgan.

Uşbu surat bilan terrorçilarning jinoyatlariga "xunuk tarzda" taqlid qilingan, deb aytdi Yevroparlament vitse-prezidenti Aleksandr Lambsdorf. "Bu surat Trampdan köra, Der Spiegel tahririyati qandayligi haqida köproq gapiradi", deb aytgan Lambsdorf Bild naşrida suratga bergan izohida.
"Donald Trampni IŞID kallakesarlariga qiyoslaydiganlar har qanday ma'naviy qaraşlarni yöqotib qöyganlar", deb hisoblamoqda Die Welt naşri jurnalisti Klemens Vergin. Uning fikriça, Der Spiegel’ning bundan közlagan yagona maqsadi istalgan yöl bilan öziga köproq e'tiborni qaratiş bölgan.
"Fikrimça, Tramp ma'muriyatini qöllab-quvvatlamaydigan köplab amerikaliklar ham Der Spiegel muqovasini haddan taşqari oşirib yuborilgan deb hisoblasalar kerak", deb aytgan "Bi-bi-si"ning AQŞdagi byurosi rahbari Pol Danaxer.
"Der Spiegel terrorçilar haqiqatan ham odamlarni boşidan judo qilganda ularni bunday tasvirlaganini eslay olmayman. Naşr terrorçilarni töxtatmoqçi bölgan şaxsni esa şunday tasvirlagan", deb yozgan kanadalik jurnalist Ezra Levant.
Washington Post naşrining tuşuntirişiça, surat muallifi Edel Rodriges şu tariqa Trampning migratsiya siyosatini qoralagan va AQŞdagi "demokratiyaning boşidan judo qilinişini" tasvirlamoqçi bölgan.












