AQŞ prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga safari uçun qiroliça Yelizaveta II va uning oilasiga sovğalar tayyorlamoqda. Bu haqda The Sunday Times naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Tramp qiroliçaga Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Vaşingtonga taşrifi vaqtida unga sovğa qilgan kubokning amerikança variantini sovğa qiladi.
Ta'kidlanişiça, Tramp şahzoda Uilyam va malika Keyt bilan çoy içişga taklif qilingan. Şu munosabat bilan Tramp juftlikning farzandlari – şahzoda Jorj va malika Şarlottaga qölda yasalgan egarlar tuhfa qilmoqçi.
Bu sovğalar Trampning maşalatçisi tomonidan tavsiya qilingan. Maslahatçi qirollik oilasi haqidagi "Toj" serialini kuzatib, qirollik oilasi a'zolari ot minişni yaxşi körişlarini aniqlagan.








