Italiyaning Piaggio kompaniyasi ikki tomonida ğildiragi bölgan pufak körinişidagi mobil robot GITA’ni namoyiş qildi. Qurilma ixtiroçilarining ğoyasiga köra, u yengil yuklarni, misol uçun, mahsulotlar solingan paketlarni taşişda yordam beradi.   

Piaggio saytida ma'lum qilinişiça, GITA italyançasiga "qisqa sayohat" deganini anglatadi. Robot töliq avtonom bölib, 18 kilogrammgaça oğirlikdagi turli yuklarni taşiy oladi va öz egasi ortidan soatiga 35 km tezlik bilan harakatlana oladi. GITA bu rejimda özining 3D-xaritasini yaratiş uçun ma'lumotlar töplaydi. Şundan keyin "avtonom" rejimda u belgilangan joylar böyiça özi harakatlana oladi, yönaliş tugagandan keyin özi mustaqil ravişda uyga qayta oladi.

GITA tor eşik darçalaridan ham öta oladi va odamlar gavjum piyodalar yölkalarida ham harakatlana oladi. Qurilmaning yaratuvçilari robot ommalaşgandan keyin, ular hudud haqidagi ma'lumotlarni bir-biri bilan bölişgan holda "karvon" bölib harakatlana olişariga umid qilmoqdalar. Qurilmaning bir quvvatlanişda işlaşi 8 soatni taşkil qiladi. Yuklar xavfsizligi nuqtai nazaridan, GITA qopqoği  qulfga yopiladi va u 360 burçakli kamera bilan jihozlangan.

GITA Piaggiöning şö'ba kompaniyasi Past Forward’da ixtiro qilingan. GITA bilan birgalikda uning "katta oğasi" – KILO ham namoyiş qilindi. Bu qurilma 100 kg yukni taşiy oladi va kiçkina traktorga öxşaydi. 

Piaggio GITA’ning imkoniyatlarini namoyiş qiliş uçun robotdan foydalanişning turli ssenariylari namoyiş qilingan bir neçta rolik çiqargan. Misol uçun, roliklardan birida qurilma itni sayr qildiradi, boşqasida esa omborda işçilarga yordam beradi.

Qurilma haqida boşqa ma'lumotlar berilmagan.