MySmartPrice sayti va işonçli ma'lumotlari bilan tanilgan @OnLeaks Twitter-akkaunti yurituvçilari Samsung kompaniyasining hali e'lon qilinmagan yangi mobil qurilmalari videosi bilan bölişişdi.
Videoda ikki model namoyiş qilingan — Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus — şişa-metall dizaynda bajarilgan, ekran burçaklari qayrilgan, Iris skaner, USB Type-C porti, audiokiriş va barmoq izlari skaneri bilan ta'minlangan.
Çap yonida quvvat va ovoz sozlaş tugmasi joylaşgan, öng yonida esa - yana bir klaviş (taxminlarga köra, yangi ovozli yordamçi Bixby'ni çaqiriş uçun).
Bundan avval tarqalgan miş-mişlarga qarama-qarşi ölaroq, Samsung smartfonlarining heç biri ikki kamerali tizimga ega emas. Asosiy kamera - 12 Mp, selfi-kamera - 8 Mp bölib, QHD-video yoza oladi.











