Dunyodagi eng arzon avtomobilni işlab çiqargan Hindistonning Tata kompaniyasi birinçi örta motorli sportkar tizerini taqdim etdi. U Tamo markasi ostida çiqariladi. Avtomobil tasviri brendning Facebook’dagi sahifasida e'lon qilindi.

Yangilik Tamo Futuro deb ataladi. Birinçi bölib Jyenevada mart oyidagi motorşouda kontsept-kar taqdim etilsa, seriyali variant 2018 yilning örtalarida çiqariladi.

Işlab çiqaruvçi yangi markadagi birinçi model “katta investitsiyalarni talab etmaydigan va kiçik hajmlarda işlab çiqariladigan” maşina bölişini ma'lum qildi. Uni bir yil davomida atigi 250 nusxada çiqariş közda tutilgan.

Ma'lumotlarga köra, Futuro konstruksiyasida qimmat materiallardan foydalanilmaydi – faqatgina plastik va alyuminiy. Avtomobilning oğirligi 800 kilogramm bölib, 180 kuçli 1,2 litrli dvigatel bilan jihozlanadi.

Yangilik taxminan 2,5 million rupiy (37 ming dollar) turadi.