Tesla Model S P100D avtomobili tezlaşiş böyiça yangi rekord örnatdi, deb xabar bermoqda Motor Trend naşri.
Sinovlar vaqtida yangilangan dasturiy ta'minot Ludicrous+’ga ega avtomobil 0 dan 96,5 km/soat tezlikkaça 2,28 soniyada erişa olgan. Bu Motor Trend tomonidan uyuştirilgan avtomobillar sinovlari tarixida eng yaxşi natija böldi. Bungaça bunday tezlanişga 2,23 soniyadan kamroqqa hali erişilmagan.
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask tvitterda avtomobilning yangi dasturiy ta'minoti haqida gapirib, avtomobil bunday tezlikka 2,34 soniyada erişa olişini aytgandi.
Naşrning ta'kidlaşiça, Tesla Model S P100D’ning körsatgan natijasi u elektromobil bölgani uçun hayratlantirsada, u bu borada Ferrari LaFerrari, Porche 918 va McLaren P1 superkarlaridan ortda qoladi.










