AQŞning eng keksa ayoli Adel Danlap 114 yoşida vafot etdi, deb ma'lum qildi Fox News telekanali. 

Danlap eng keksa amerikalik ayol nomiga bor-yöği bir neça oygina egalik qildi. Bu faxrli va uluğ nom ötgan yil iyulida 113 yoşli Goldi Mikelson vafot etganda unga ötgandi. Statistikaçilarning ma'lumotlariga köra, endi AQŞning eng keksa ayoliga Pensilvaniya ştatida yaşovçi Delfin Gibson aylandi.

Telekanalning ta'kidlaşiça, Danlap 1902 yil 12 dekabrda Nyuarkda (Nyu-Jyersi ştati) dunyoga kelgan. Biroq uning özi yoşini "kiçraytirib" körsatgan. U öz hayotida ikkita jahon uruşi, Buyuk tuşkunlik va boşqa köplab voqealarning guvohi bölgan, 20 nafar prezidentning boşqaruvini boşidan keçirgan. 

Adel özining uzoq umr körişi sirini bilmasligini aytib kelgan. Onaxon turmuşga çiqqunça maktabda dars bergan, biroq turmuşga çiqqaç butun vujudini oila va 3 farzand tarbiyasiga bağişlagan. Danlap özining marhum turmuş örtoğidan 54 yil köproq yaşagan.