Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dayjyest: IIV tanqid qilindi, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda, AQShga yaqinlashayotgan Xitoy va boshqa xabarlar
Yakunlanib borayotgan 10 fevral O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
IIV organlari faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda ichki ishlar organlari faoliyatini tanqid ostiga olindi. Jumladan, unda yoshlar va ayollar jinoyatchiligi borasidagi ahvol haqida so‘z yuritildi. “Muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlash kerak”, deb ta'kidladi ushbu yig‘ilishda davlat rahbari. Bundan tashqari, yig‘ilishda qonun himoyachilari tomonidan kuzatilayotgan jinoyatlarga ham tanqidiy fikrlar bildirildi. Ushbu yig‘ilishda qator amaliy qarorlar qabul qilindi. Jumladan, payshanba jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb belgilandi. IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va tizimdagi 3 nafar yuqori martabali polkovnik ishdan olindi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari safar davomida Surxondaryodagi yangi loyihalar bilan tanishdi. Shu bilan birga viloyatdagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda ipakchilikka ixtisoslashtirilgan korxona loyihasini, baliqchilik kompleksi loyihasi va «Termiz marvaridi» rekonstruksiyasini va Sherobod tumanida barpo etilayotgan sement zavodi loyihasini borib ko‘rdi.
Jamiyat hayotida

Jurnalist va bloger Behzod Qobulov «O‘rta Chirchiq dehqon bozori»dagi muammolarni o‘rganib, tayyorlangan tanqidiy maqolani e'lon qildi.
Prezident Toshkent shahrida videokuzatuv tizimini ishga tushirish haqida ko‘rsatma berdi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 1-shahar bolalar klinik kasalxonasi yaqinidagi chorrahada jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. IIV ushbu YTH bo‘yicha rasman ma'lumot berdi
Vatan yo‘llarini yaxshilashni niyat qilgan yosh tadbirkor va deputat byurokratiyadan chuqur nokaut qabul qilib oldi
Samarqandda shov-shuv bo‘lgan «eshak biznesi» bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi
11 fevral kunidan Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi yopiladi
Jahon maydonida

Braziliya politsiyachilarining namoyishi yuzdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
AQSh qit'alararo ballistik raketa uchirdi
Si Tszinpin Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazdi
Litvaga Amerika harbiy texnikasi keltirildi
Asad Tramp bilan hamkorlik qilish uchun shartini bildirdi
Alyaska muzliklari ostida qadimiy piramida topildi
Afg‘onistonlik shaolinchi qizlarning surati mashhur bo‘lib ketdi
AQShning eng keksa ayoli 114 yoshida vafot etdi
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020