Yupiterning "Juno" (Yunona) kosmik apparati tomonidan olingan yangi suratlari uning janubiy va şimoliy qutblaridagi atmosferani batafsil körişga yordam beradi.  

Kosmik apparat töxtovsiz işlaşda davom etmoqda va NASA mutaxassislariga sayyoraning qutblari suratlarini jönatdi. Suratlardan körinişiça, sayyoraning qutblari moviyroq rangga ega ekan. 

Uşbu suratlar 2 fevralda Yupiterdagi bulutlarning yuqori qatlamidan 102 ming km yuqoridan olingan. Atmosferaning bu qismida ulkan sayyora ölçamlariga köra kiçik bölgan böronlar köplab yuz beradi. Ehtimol, aynan şu sababli u moviy rangga ega bölişi mumkin.

Yana bir suratda sayyoraning janubiy qismi tasvirlangan. Bu qismda ham töfonlar va böronlar yuz beradi, biroq ular bu yerda barqarorroq va bir neça yillar davom etadi. Taxminlardan biriga köra, töfon atmosferaning yuqori çegarasi bilan bir xil balandlikda bölsa, uning rangi oq böladi. Biroq uning kuçi ortsa, u bulutlar qatlamidan yuqoriroqqa kötariladi va bu yerda Quyoşning ultrabinafşa nurlanişi uning tarkibini kimyoviy özgartirib, unga qizğiş rang beradi. Sayyoraning bu qismida hamma töfonlar oq rangda böladi.