Monakolik toğ çanğiçisi Olive Jyeno Şveytsariyaning Sankt-Moritse şahrida ötayotgan jahon çempionatida supergigantdagi iştiroki vaqtida yiqilişi oqibatida jarohat oldi. Şu sababli sportçi vertolyotda şifoxonaga olib ketilgan.
AFP axborot agentligining xabar berişiça, 28 yoşli sportçining boşi çayqalgan va kökragi lat yegan. Bu voqea 8 fevralda yuz bergan. Ta'kidlanişiça, hozir sportçining ahvoli barqaror.
Internetda sportçining yiqilişi videosi paydo böldi. Unda körinişiça, sportçi navbatdagi burilişda muvozanatini yöqotib, trassadan uçib çiqib ketib, yerga beli bilan qattiq urilgan holda tuşgan.







