BMT 9 fevralda Afğonistonning Gilmend viloyatida toliblar joylaşgan yerga xalqaro koalitsiya bergan aviazarba oqibatida kamida 18 nafar tinç fuqaro halok bölgani haqidagi xulosaga keldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Amerikalik harbiy mansabdor şaxslar öşa hujumda AQŞ samolyotlari havodan 30 ga yaqin zarba berganini ma'lum qilişgan. Hujumdan keyin Pentagonning özi BMTga operatsiya oqibatlarini tergov qilişni boşlaş iltimosi bilan murojaat qilgan.

Şu bilan birga BMTda odamlarning halok bölişiga olib kelgan zarbani qaysi davlat samolyotlari bergani noma'lum ekanligi aytilgan. Halok bölganlar oila a'zolari koalitsiya rahbariyatidan uşbu vaziyat yuzasidan tuşuntiriş berişni talab qilişgan.

Avvalroq NATO "Tolibon"ning odamlar halok bölgani haqidagi xabaridan keyin tergov ötkazişga va'da bergan.