Xalq ta'limi vaziri: “Globallaşuv jarayonlarining jadallaşuvi öquv dasturlarimizni tubdan qayta körib çiqişni talab etadi”
|19:36 / 13.02.201720 71721 min
Illyustrativ suratIllyustrativ surat
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta'lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomçilari bölgan barkamol avlodni voyaga yetkazişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qabul qilingan sohaga oid bir qator davlat dasturlariga asosan köplab ta'lim muassasalari yangidan qurildi, ta'mirlandi, eng zamonaviy öquv anjomlari bilan ta'minlandi. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta'lim-tarbiya tizimi yaratildi. Bu boradagi işlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda, mustaqil fikr, intellektual jihatdan rivojlangan, öz dunyoqaraşiga ega bölgan yoşlarni tarbiyalaş har doimgidek dolzarb bölib qolmoqda. Ayniqsa, dunyo taraqqiyoti şiddati, unda keçayotgan voqealar rivoji barça sohalar kabi ta'lim-tarbiya jarayoniga ham yangiça yondaşuv, innovatsiyalarni tatbiq etişni taqazo etmoqda. Avvalo bu, öquv dasturlari, darsliklar, metodikalarni yanada takomillaştiriş, öqituvçi-pedagoglar saviyasini muntazam oşirib boriş, jarayonga eng zamonaviy va ilğor axborot hamda ta'lim texnologiyalarini joriy etiş bilan boğliq muammolarda körinmoqda.
Bugungi kunda xalq ta'limi tizimi oldiga qöyilayotgan bu kabi vazifalarni tölaqonli amalga oşiriş, amaliy natijalarini ta'minlaş borasida olib borilayotgan işlar xususida muxbirimiz Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatovga bir neça savollar bilan murojaat etdi.
- Hurmatli Uluğbek Ilyasoviç, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta'minlaşda pedagog-tarbiyaçilarning kasbiy mahorati muhim örin tutadi. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida pedagoglarning saviyasini oşiriş, ta'lim-tarbiya tizimini kompleks rivojlantiriş zarurligiga alohida e'tibor qaratdi. Ayni paytda xalq ta'limi tizimida pedagoglarning kasbiy va ma'naviy saviyasini, mahoratini yanada oşiriş borasida qanday işlar amalga oşirilmoqda?
- Darhaqiqat, yoş avlodga sifatli bilim beriş uçun, avvalo, öqituvçi-pedagoglar malakasi va mahorati davr talabiga javob berişi lozim. Ayniqsa, bugun yoşlar juda tez va ilğor fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos - yuqori darajada taşkil etiş uçun öqituvçi muntazam ravişda öz mahoratini oşirib borişi, har bir maşğulotga alohida tayyorgarlik körişi zarur. Şu bois xalq ta'limi tizimiga yangi va zamonaviy ta'lim texnologiyalari, öquv dasturlarini joriy etiş bilan birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini oşirişga ham muntazam ravişda e'tibor qaratib boriş zarur.
Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida 4916 ta maktabgaça ta'lim muassasasi, 9692 ta umumiy örta ta'lim maktabi, 301 ta bolalar musiqa va san'at maktabi, 211 ta “Barkamol avlod” markazlari, 225 ta bolalar va ösmirlar sport maktabi, 4 ta davlat pedagogika instituti faoliyat körsatmoqda.
Mavzuga oid
Tizimda rahbar va pedagog kadrlar malakasini oşiriş uçun Abdulla Avloniy nomidagi Markaziy institut, 14 ta hududiy xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti, maktabgaça ta'lim xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş öquv-metodik markazi hamda bolalar-ösmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi faoliyat olib bormoqda. Masofadan malaka oşirişning zamonaviy metodlari joriy etilgan. Birgina 2016 yil davomida 93 mingdan ortiq rahbar va pedagog 140 ta malaka toifasi asosida öz malakasini oşirgan. Ayni paytda rahbar va pedagog kadrlar malakasini oşiriş mazmuni va sifatiga qöyiladigan davlat talablarini takomillaştiriş maqsadida xorijiy mamlakatlar tajribasi örganilib, xalq ta'limi tizimida malaka oşiriş mazmuni va sifatiga qöyiladigan davlat talablarini, öquv reja va dasturlarini takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlanmoqda.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri, har bir tuman miqyosida “Mahorat maktablari” taşkil etilib, muntazam ötkazib borilayotgan maşğulotlarga barça fan öqituvçilari qamrab olingan. Bu maşğulotlarda pedagoglar tajribali trener öqituvçilardan darsga tayyorgarlik köriş, körgazmali qurollar tayyorlaş, yangi mavzuni tuşuntiriş, öquvçilar va ota-onalar bilan işlaş, umuman, kasbga oid barça yönalişlar böyiça keng amaliy bilimlarni özlaştirmoqda.
Yurtimizdagi umumta'lim maktablarida 389740 nafar pedagog faoliyat körsatadi. Pedagog kadrlar tarkibi muntazam örganilib, ularning bilimi, mahorati attestatsiya va sinovlardan ötkazib borilmoqda. Jumladan, şu yilning 3–12 yanvar kunlari ingliz tili öqituvçilarining kasbiy mahorati va bilim darajasini örganiş böyiça sinovlar ötkazildi. Jami 20119 nafar öqituvçidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli ötgan. Qolgan 2869 nafar öqituvçining navbatdan taşqari malaka oşiriş kurslaridan ötişi rejalaştirildi.
Bundan taşqari, ötgan yili boşlanğiç ta'lim hamda aniq va tabiiy fanlar öqituvçilarining respublika forumlari ötkazilib, ularda tegişli öquv fanlari ta'limida mavjud muammolar, ularni bartaraf etiş yöllari hamda ilğor iş tajribalarini ommalaştirişga doir muhim çora-tadbirlar belgilanib, amalga oşirilmoqda. Joriy yilning mart oyida ijtimoiy fanlar öqituvçilarining forumini ötkazişga tayyorgarlik körilmoqda. Mazkur tadbir ham pedagoglar mahorati va malakasini oşirişda muhim örin tutadi.
- Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yakunlari va 2017 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida öquv reja va dasturlarni tubdan qayta körib çiqiş masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Kelgusida bu boradagi vazifalar ijrosini ta'minlaş yuzasidan rejalaştirilayotgan işlar xususida töxtalsangiz.
- Albatta, ta'lim muassasalarida darslarni samarali taşkil etişda yuqorida ta'kidlab ötganimizdek, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta'limga doir me'yoriy hujjatlar, öquv-metodik ta'minotning örni ham muhim sanaladi. Davlatimiz rahbari tomonidan öqitişning zamonaviy metodologiyasini yaratiş va amaliyotga joriy etiş, öquvçilarning ongli ravişda kasb-hunar tanlaş motivatsiyalarini kuçaytiriş, darsliklarni yaratişga butunlay yangiça yodaşiş kabi dolzarb vazifalar ham aynan şu maqsaddan kelib çiqilgan holda qöyilmoqda. Haqiqatan ham, globallaşuv jarayonlarining jadallaşuvi öquv dasturlarimizni tubdan qayta körib çiqişni, keng bilimga ega bölgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoşlarni voyaga yetkazişga xizmat qiladigan, takomillaşgan me'yoriy hujjatlar, öquv-metodik majmualarni yaratişimizni taqozo etmoqda.
Ötgan yillarda öquvçi şaxsini har tomonlama rivojlantiriş maqsadida xalqaro hamda mamlakatimizda çet tillari böyiça uzluksiz ta'lim tizimining davlat ta'lim standartlari va öquv dasturlarini işlab çiqiş tajribasiga asoslangan holda, kompetensiyaviy yondaşuvga asoslangan 18 ta umumta'lim fanlari böyiça uzluksiz ta'lim tizimining davlat ta'lim standartlari va öquv dasturlari loyihalari tayyorlanib, 75 ta maktab, 39 ta kasb-hunar kollejlari va 28 ta akademik litseyda tajriba-sinovdan ötkazilgan, natijalar asosida 6 ta tayanç kompetensiya belgilab olingan edi. Şu asosda öquvçilarning yoş va psixo-fiziologik xususiyatlariga mos, uzluksiz va uzviylaştirilgan, nazariy bilimlarni amalda qöllay oliş imkonini beradigan yangi davlat ta'lim standartlari va öquv dasturlari loyihasi tayyorlandi. Ayni paytda amaliyotçi pedagoglar, oliy öquv yurtlarining professor-öqituvçilaridan iborat işçi guruhlari kömagida umumiy örta ta'limning takomillaştirilgan davlat ta'lim standartlarini yaratiş va öquv dasturlarini işlab çiqib, örnatilgan tartibda amaliyotga joriy etişga kirişildi. Yangiça talab asosida işlangan darsliklar majmua tariqasida (darslik, multimedia ilovasi, öqituvçi uçun metodik qöllanma) bölib, ilğor pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslanadi.
- 2017 yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasidagi vazifalar ijrosi, ya'ni ota-onalar, pedagoglar bilan muloqot, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlaş va öz vaqtida hal etiş masalalari xalq ta'limi tizimida qanday amalga oşiriladi?
- Xalq ta'limi vazirligi jamoatçilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlaş, xususan, har bir fuqaroning axborot olişga bölgan qonuniy huquqlarini ta'minlaş masalasiga doimiy e'tibor qaratib kelmoqda. Xalq ta'limi vazirligi faoliyatining oçiqligi va oşkoraligini ta'minlaş, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan körib çiqiş, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatçilik fikrini örganiş maqsadida 10-06 qisqa raqamli “işonç telefoni”dan taşqari, 2016 yilning 28 noyabridan e'tiboran Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) işga tuşirildi.
Bugungi kunda fuqarolar Xalq ta'limi vazirligiga:
- Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi;
- 10-06 qisqa raqamli “işonç telefoni”;
- [email protected] elektron poçta manzili orqali murojaat etiş;
- bevosita rahbariyat qabuliga kiriş va qisqa muddatda öz savollariga javob oliş imkoniyatiga ega.
Xalq ta'limi vazirligiga, şu jumladan, virtual qabulxonaga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, örnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda körib çiqilmoqda. Raqamlarni tahlil etadigan bölsak, 2016 yilda Xalq ta'limi vazirligiga fuqarolardan 5,5 mingdan ortiq murojaatlar kelib tuşdi. Ulardan:
– 347 tasi oğzaki;
– 1950 tasi yozma;
– 2100 tasi “işonç telefoni” orqali;
– 161 tasi vazirning virtual qabulxonasi orqali;
– 1218 tasi Boş vazirning virtual qabulxonasi orqali kelib tuşdi.
Şundan 3764 ta murojaatga örnatilgan tartibda javob qaytarildi, 1481 ta murojaat böyiça fuqarolarga tuşuntiriş işlari olib borildi, 380 ta murojaat örganilmoqda, 151 tasi esa asosli rad etildi.
Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari vazirlik rahbariyatining doimiy nazoratiga olingan bölib, işlab çiqariş va Hay'at yiğilişlarida murojaatlar hamda ularda kötarilayotgan muammolarga qonunda belgilangan tartibda javob qaytarilayotgani muhokama qilib borilayapti. Murojaatlar mazmuni tahlil etilib, eng köp ariza, şikoyat va takliflar kelib tuşayotgan masalalar — iş bilan ta'minlaş, ta'lim muassasasiga öqişga kiriş va joylaştiriş, maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyati, ta'lim-tarbiya mazmunini takomillaştiriş, maktablarda dars taqsimoti böyiça muammolarning oldini oliş çoralari körilayapti. Şuningdek, murojaatlar geografiyasi tahlil qilinib, murojaatlar nisbatan köp kelib tuşayotgan hududlarda “Sayyor qabul kunlari”, “Oçiq eşiklar kuni” kabi tadbirlar ötkazilmoqda. Hududiy xalq ta'limi boşqaruv idoralari mas'ul rahbarlariga tegişli tavsiyalar, zarurat tuğilganda örnatilgan tartibda çoralar köriladi.
- Şu ma'noda aytişimiz mumkinki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017–2021 yillarda maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingani ota-onalarni, butun xalqimizni mamnun etdi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş borasidagi işlar xususida ham sözlab bersangiz.
- Bugungi taraqqiyotning jadalligi, hali maktabga çiqmagan bolaning sanaşni, öqiş va yozişni, axborot texnologiyalarini özlaştirib olayotgani, tezkorlik bilan fikrlayotgani tarbiyaçilarning malakasini oşiriş, boğçalardagi öquv-tarbiya dasturlarini ilğor xorijiy tajribalar asosida takomillaştirişni talab etmoqda. 2017—2021 yillarga möljallangan keng kölamli kompleks tadbirlarni amalga oşirişni közda tutadigan mazkur Dastur ayni şu maqsadlarga qaratilgan. Unda bolalarni maktabga tayyorlaş darajasini tubdan yaxşilaş, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etiş, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş belgilangan. 2200 ta maktabgaça ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, qişloq joylarda maktabgaça ta'lim muassasalarini yangidan quriş, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihozlar, öquv-metodik qöllanma va multimediali vositalar bilan ta'minlaş rejalaştirilgan. Yangi loyiha asosida bunyod etiladigan muassasalarda qulay şaroitga ega yozgi ayvonçalar, suziş basseynlarini quriş közda tutilgan. Uşbu tadbirlarni amalga oşiriş uçun jami 2,2 trillion söm ajratilişi közda tutilmoqda.
Dastur doirasida 5-6 yoşli bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaş böyiça muqobil şakllarni yaratiş va rivojlantiriş işlari ham amalga oşiriladi. Ya'ni, yurtimiz böyiça maktabgaça ta'lim muassasalarida 6100 ta qisqa muddatli guruh taşkil etiladi. Ularni, birinçi navbatda, qişloq joylarda taşkil etişga e'tibor qaratiladi. Bunday guruhlarda maktabgaça yoşdagi bolalar uçun turli rivojlantiruvçi amaliy maşğulotlar olib boriladi. Şu asosda har yili 305 mingdan ortiq 5-6 yoşdagi bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlaş imkoniyati yaratiladi.
Bundan taşqari, maktabgaça ta'limga qamrab olinmagan 3—6 yoşli bolalarni ularning ota-onalarini metodik qöllanmalar bilan ta'minlaş orqali maktab ta'limiga tayyorlaş tizimi ham joriy etiladi.
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oşirilişi natijasida bolalarning maktabgaça ta'limga qamrovi 1,5 barobarga oşadi. 2021 yilga kelib, respublikamizda maktabgaça ta'lim muassasalari 1 million 109 ming nafardan ortiq bolalarimizni qamrab oliş imkoniyatiga ega böladi.
Qarorda tarbiyaçi-pedagoglar salohiyati, malakasi va tajribasini oşirişga ham alohida e'tibor qaratilgan. Maktabgaça ta'lim muassasalari uçun pedagog kadrlarni tayyorlaş va ularning malakasini oşirişda, birinçi navbatda, öquv reja va dasturlar zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillaştiriladi. Bugungi kunda tizimda faoliyat olib borayotgan 55 mingdan ziyod pedagog xodimlarning malakasi takomillaştirilgan öquv reja va dasturlar asosida bosqiçma-bosqiç oşiriladi.
Ilğor xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanib, 2017 yilda maktabgaça ta'lim-tarbiya tizimi uçun muqobil dasturlarni işlab çiqib, amaliyotga tatbiq qilamiz. Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlaşga, ularning intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlaş salohiyatini yuksaltirişga, oldingidan farqli ölaroq, yoziş va öqişni jadal örganişiga xizmat qiladi.
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, çet tillar böyiça yangi davlat ta'lim standartlari va öquv dasturlari işlab çiqilib, amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Bu boradagi işlarning borişi, erişilgan natijalar, öquvçilarning tilni özlaştiriş samaradorligi qanday bölmoqda?
- Aytiş joizki, mazkur qaror ta'lim-tarbiya tizimiga yangiça mazmun baxş etgan muhim hujjatlardan biri böldi. Qaror asosida tayyorlangan çet tillar böyiça yangi davlat ta'lim standartlari va öquv dasturlariga mos darsliklar asosida bolalar çet tillarni katta qiziqiş bilan örganmoqda. Ayni paytda 1–4-sinf öquvçilari uçun zamonaviy darslik-majmualar işlab çiqilib, öquvçi va öqituvçilar darsliklar bilan yuz foiz bepul ta'minlangan. Çet tili ta'limi samaradorligini oşiriş maqsadida maktablarga barça zarur jihoz va inventarlar yetkazib berilgan.
“Kids’ English” darsligi boşlanğiç sinflar uçun yagona kontseptual metodika va prinsiplar asosida yaratilgan. Umumevropa kompetensiyalariga asoslangan uzluksiz ta'lim tizimining çet tili böyiça davlat ta'lim standarti talablariga köra, boşlanğiç ta'lim (4-sinf)ni tugatayotgan öquvçi til bilişning boşlanğiç A1 darajasiga ega bölişi lozim. Öquvçilar tilni bu darajada özlaştirişi uçun 1-sinfda 150 ta, 2-sinfda 150 ta, 3-sinfda 100 ta va 4-sinfda 100 ta — jami 500 ta leksik birlikni özlaştirib, ötilgan mavzular doirasida birlamçi savol-javoblarda iştirok etiş könikmasini egallaydi.
Çet tillar böyiça yangi davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim olayotgan 4-sinf öquvçilari 2017-2018 öquv yilida 5-sinfda öqişni davom ettiradi. Bu jarayon bilan boğliq ravişda amaldagi ingliz, fransuz va nemis tili darsliklari ham yangi talablar asosida, 1-4-sinf çet tili darsliklarining mantiqiy davomi sifatida qayta işlanmoqda. Ayni paytda majmualar joylardagi bir neçta maktabda tajriba-sinovdan ötkazilmoqda.
2013-2016 yillar davomida boşlanğiç sinflarda çet tillar kiritilişi munosabati bilan çet tili öqituvçilariga bölgan ehtiyojni qoplaş maqsadida oliy ta'lim muassasalarining 6133 nafar bitiruvçisi umumta'lim maktablariga çet tili öqituvçisi sifatida işga qabul qilingan. Joriy öquv yilida çet tili öqituvçilarini tayyorlovçi 18 ta oliy ta'lim muassasasining 1421 nafar bitiruvçisi işga qabul qilindi.
Sönggi uç yil davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farğona, Toşkent viloyatlaridagi 47 ta tumanda çet tili öqituvçilariga ehtiyojni qoplaş maqsadida oliy ta'lim muassasalarining çet tili yönalişiga 652 nafar abituriyent imtiyozli qabul qilindi.
Çet tili öqituvçilarining bilim darajasi, saviyasi, malakasi va kasbiy mahoratini oşiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi 67-sonli qarori asosida 2015 va 2016 yillar davomida 671 ta tayanç maktab bazasida 969 nafar trener öqituvçi tomonidan 20 mingga yaqin ingliz tili öqituvçilari uçun haftalik kurslar taşkil etildi. Öqituvçilar bilim darajasi trenerlar tomonidan har oy yakunida oraliq nazorat va 4 oy yakunida hududiy malaka oşiriş institutlari tomonidan yakuniy attestatsiya baholari orqali nazoratga olindi.
Har yili Xalq ta'limi vazirligi tizimida ötkazib kelinayotgan «Yilning eng yaxşi çet tili öqituvçisi» körik-tanlovining ğoliblari xorijdagi nufuzli oliy öquv yurtlarida malaka oşiriş imkoniga ega bölmoqda. Hozirda 42 nafar har bir viloyatdan 1-3 örinni egallagan öqituvçilar Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetida ixtisoslik böyiça malaka oşirişdi.
E'tiborlisi, maktab öquvçilariga çet tilini örgatiş borasida öziga xos yondaşuvlar tanlandi. Xususan, bolalar til örganiş barobarida tili örganilayotgan xalq madaniyatini milliy qadriyat va an'analarimizga soliştirgan holda örganib boradi. Darsliklarga özbek va jahon adabiyoti ijodkorlari ijodidan namunalar ham kiritilganki, bu bolalarda mutolaa madaniyati şakllantirişga xizmat qiladi.
- Kitobxonlik madaniyati xalqning ma'naviy qiyofasini belgilaydi. Şu bois bugun yurtimizda aholining, ayniqsa, yoş avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga katta e'tibor qaratilmoqda. Xalq ta'limi tizimida öquvçilarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş yuzasidan bajarilayotgan işlar haqida töxtalsangiz.
- Darhaqiqat, Prezidentimizning şu yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida”gi farmoyişi xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltiriş, yoş avlod qalbida kitobga mehr uyğotiş, komil insonni tarbiyalaş borasida juda muhim qadam böldi. Mazkur farmoyiş bizning zimmamizga ham ulkan mas'uliyat yukladi.
Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida 9576 ta maktab kutubxonasi va axborot-resurs markazlari faoliyat körsatmoqda. Şuningdek, xalq ta'limi tizimida 12 ta viloyat va 199 ta tuman(şahar) axborot-resurs markazlari mavjud. Mazkur muassasalarda 23 milliondan ortiq kitob fondi mavjud. Ya'ni 4,8 million öquvçining har biriga örtaça 4,7 donadan kitob töğri keladi.
Tizim fondidagi kitoblarning 5 million nusxasi (21,7 foizi) bolalar adabiyoti hisoblanadi. Ular har bir öquvçiga deyarli 1 donadan töğri keladi. Maktab kutubxonalarida örtaça 50—60 nomdagi 500 tadan 1500 donagaça badiiy adabiyotlar mavjud.
Soha mutaxassislarining xulosasiga köra, kutubxonalar fondi har yili kamida 15-20 nomdagi yangi adabiyotlar bilan töldirilişi maqsadga muvofiq. Vazirlik tomonidan maktab kutubxonalari fondini bolalar badiiy adabiyotlari bilan boyitiş maqsadida 2014-2015 öquv yilida 1-4-sinf öquvçilari uçun byudjyet mablağlari hisobidan 5,6 milliard sömlik - 27 nomdagi jami 847 293 nusxa badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Joriy öquv yilida 5-9-sinf öquvçilari uçun 7,6 milliard sömlik - 28 nomdagi 1,2 million nusxa badiiy adabiyotlar yetkazib berilmoqda.
Şuningdek, öquvçilar va ularning ota-onalari örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş va rağbatlantiriş maqsadida ta'lim muassasalarida “Kitob taqdimoti”, “Adabiyot kunlari”, “Kitobim - oftobim” nomli ma'rifiy tadbirlar, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat taşkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar iştirokida “Bir farzandga - uç kitob” aksiyalari hamda “Eng yaxşi kitobxon öquvçi” va “Kitobxon maktab” tanlovlarini ötkaziş yölga qöyilgan.
Ta'lim muassasalarida öquvçilar va öqituvçilar örtasida kitobxonlik muhitini yaratiş maqsadida umumta'lim maktablarida “Kitobxonlik soatlari”ni taşkil qiliş, xonadonlarda oilaviy kutubxona taşkil etiş va kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, ota-onalar örtasida oilaviy kitobxonlikni tarğib qiliş maqsadida “Eng yaxşi kitobxon oila” respublika körik-tanlovini ötkaziş kabi ustuvor vazifalar ham belgilanmoqdaki, bu aholi va öquvçi-yoşlar örtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirişda öziga xos örin tutişi şubhasiz.