Kun.uz’ning AQŞdagi muxbiri Sietlda boş konsul Ahror Burhonov bilan suhbatlaşdi. Diplomatga köra, Amerikada Özbekistonga işonişyapti, Tinç okeani mintaqasida vakolatxona oçişdan asosiy maqsad ham davlatni tanitiş va fuqarolarni himoyaga oliş. Xöş, nega aynan Sietl tanlandi va konsul hukumatdan qaysi topşiriqlar bilan kelgan?
Sietlda ötgan hafta boş konsullik rasman oçildi. Unda Özbekistonning AQŞdagi elçisi, BMTdagi doimiy vakili, Nyu Yorkdagi boş konsul va Vaşington ştati rasmiylari qatnaşdi. Hammani qiziqtirayotgan asosiy savol şuki, nega AQŞning hududi oxirgi nuqtasi vakolatxona oçiş uçun tanlandi?
Kun.uz’ning AQŞdagi muxbiri Sietldagi boş konsul bilan suhbatlaşdi. Ahror Burhonovga köra, şahar katta iqtisodiy makon. Microsoft, Amazon, Google va qator kompaniyalarning ofislari joylaşgan. IT, maşinasozlik, aviatsiya, tibbiyot va işlab çiqariş böyiça ştat ijobiy natijalarga ega. Bundan taşqari, AQŞning bu tomonida Özbekistonni heç kim bilmaydi, tarğibot muhim.
“Kelganimizda özi Sietl vakolatxona oçişimizga tayyormi degan savolni kötardik. Rostini aytsam, sörovnomada qatnaşgan har önta odamdan töqqiztasi Özbekistonni tanimadi. Amerikaning bu tomonida biz davlatni tanitişimiz kerak deb öyladik”, deydi boş konsul.
Diplomatning qöşimça qilişiça, u avvalo Özbekiston fuqarolarini himoya qiliş va yordam körsatiş topşiriği bilan kelgan. Bundan taşqari, sunʼiy intellekt, robototexnika, işlab çiqarişdagi katta kompaniyalar bilan muloqot yölga qöyilgan. Yaqinda Vaşington ştati savdo delegatsiya safarini taşkillaş borasida jarayon davom etmoqda. Özbekiston mahsulotlarini eksport qiliş böyiça AQŞ kompaniyalari bilan muzokaralar bölib ötyapti.
Xöş, konsullik kimlarga xizmat körsatadi? Boş konsulga köra, Sietldagi vakolatxona törtta ştat – Vaşington, Montana, Aydaho va Oregonga javobgar.
Ahror Burhonov vakolatxona binosining ijaraga olinişi haqida ham gapirarkan, 39-qavatdagi joy diplomatiya işga solingani sabab uç baravar arzonga tuşganini aytadi.
“Şaharning 30%ini qurgan odamga tegişli bu bino ham. Aynan uni topdik va Özbekistonni tanitişga harakat qildik. Birodar şahar ekanini eslatdik, şunda ijara haqqi uç baravarga arzonladi”, deydi u.
Suhbatni Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida töliq tomoşa qiling.












