Rossiyalik aralaş yönalişlar (MMA) böyiça jangçi Fedor Yemelyanenko Bellator taşkiloti bilan şartnomasi muddati yakuniga yetgaç, faoliyatini yakunlaşni rejalaştirmoqda. Sportçining sözlarini MmaMania portali keltirgan.
Noyabr oyida 40 yoşli rossiyalik sportçi Bellator bilan bir neça jangga şartnoma imzolagandi. Yemelyanenko uşbu taşkilot doirasidagi keyingi jangini 18-fevral kuni amerikalik Mett Mitrionga qarşi ötkazadi.
"Men faoliyatimni Bellator’da yakunlaşni xohlardim, - dedi Yemelyanenko. – Şartnomamda belgilangan bandlar böyiça işlaşni istayman. Kişilar bilan munosabatlar men uçun har doim katta ahamiyatga ega bölib kelgan hamda Skoot Koker (taşkilot rahbari) bilan munosabatlarimizni juda qadrlayman".
2015 yilning 14 iyul kuni Yemelyanenko faoliyatini tiklagani haqida ma'lum qildi. U ötgan yilning 31 dekabr kuni Yaponiyaning Saytamidagi jangda hindistonlik Jaydip Singxni, 2016 yilning 17-iyun kuni esa Sankt-Peterburgda braziliyalik Fabio Maldonado ustidan ğalaba qozondi. Yemelyanenko MMA’da umumiy hisobda 40ta jang ötkazgan (35 ğalaba, tört mağlubiyat, bir jang şifokorning qarori bilan töxtatilgan).












